Maxfiylik siyosati
Qanday ma’lumot yig‘amiz, nima uchun va kim ko‘radi.
Oxirgi tahrir: 2026-yil 16-avgust
Diqqat: hujjatda STIR hali ko‘rsatilmagan va matn yurist tomonidan tasdiqlanmagan. To‘lov tizimlari bilan shartnoma tuzishdan oldin ikkalasi ham bajarilishi kerak.
1. Kim ma’lumot yig‘adi
Peshtaxtam platformasi (G‘ulomov Muhammad Azizullo, Andijon shahri) — bu hujjatda «biz». Platformada do‘kon ochgan biznes — «Do‘kon». Do‘konda buyurtma bergan odam — «Haridor».
2. Haridor haqida qanday ma’lumot saqlanadi
- Telegram identifikatori, ismi va foydalanuvchi nomi
- Telefon raqami — faqat haridorning o‘zi ulashganda
- Yetkazib berish manzili va xarita koordinatasi — buyurtma berganda
- Buyurtmalar tarixi va ularning summasi
- Interfeys tili
Bu ma’lumot buyurtmani qabul qilish, yetkazish va haridor bilan bog‘lanish uchun kerak. Boshqa maqsadda ishlatilmaydi.
3. Bank kartasi ma’lumotlari
Biz karta raqamlarini umuman yig‘maymiz va saqlamaymiz. To‘lov Click, Payme yoki Telegram Payments sahifasida amalga oshiriladi va karta ma’lumotlari faqat o‘sha tizimlarga boradi. Bizga faqat to‘lovning muvaffaqiyatli bo‘lgani haqidagi javob qaytadi.
4. Ma’lumotni kim ko‘radi
Haridorning ma’lumotini faqat o‘zi buyurtma bergan Do‘kon ko‘radi. Boshqa do‘konlar ko‘ra olmaydi — bu dastur darajasida emas, ma’lumotlar bazasining o‘z qoidasi bilan ta’minlangan.
Biz ma’lumotni uchinchi shaxslarga sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz. Ma’lumot faqat qonuniy talab bo‘lgan holatda va faqat talab doirasida beriladi.
5. Do‘kon haqida qanday ma’lumot saqlanadi
- Do‘kon nomi, manzili, aloqa ma’lumotlari
- Katalog, narxlar, buyurtmalar
- Xodimlar hisoblari
- Bot tokeni va to‘lov tizimi kalitlari — shifrlangan holda
Kalitlarni ochib ko‘rish uchun parol qayta so‘raladi va har bir ochish amallar jurnaliga yoziladi.
6. Qancha vaqt saqlanadi
Do‘kon ishlab turgan vaqtda va shartnoma tugagandan keyin 90 kun davomida. Undan keyin o‘chiriladi. Do‘kon so‘rasa, o‘z ma’lumotlarini faylga chiqarib beramiz.
7. Cookie va kuzatuv
Bu saytda reklama kuzatuvchilari va uchinchi tomon analitikasi ishlatilmaydi. Mini App ichida sessiya faqat brauzer xotirasida saqlanadi va ilova yopilganda yo‘qoladi.
8. Haridorning huquqlari
Haridor o‘zi haqidagi ma’lumotni so‘rashi yoki o‘chirishni talab qilishi mumkin. Buning uchun buyurtma bergan Do‘konga yoki bizga murojaat qiling: @pc_geek_uz, +998 93 426 70 11.
9. O‘zgarishlar
Siyosat o‘zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e’lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi.