Narxlar

Ikkita tarif, yashirin to‘lovsiz

Farqi bitta narsada: karta orqali to‘lov kerakmi yoki naqd pul yetadimi.

Start

500 000so‘m / oyiga

Naqd pul bilan ishlaydigan do‘kon.

  • O‘z botingiz, nomingiz va logotipingiz
  • Menyu yoki katalog, savat, buyurtma
  • Buyurtmalar paneli, xodimlar, kuryerlar
  • Yetkazib berish hududlari, narxi va vaqti
  • Bonus va promokodlar
  • Naqd pul — kuryerga yoki kassada
  • Server, domen, SSL va yangilanishlar
  • Buyurtma va mahsulot soniga cheklovsiz
  • Karta orqali to‘lov (Click)
  • Karta orqali to‘lov (Payme)
  • Shartnoma tuzishda va ulashda yordam
Boshlash

Ikkala tarifda ham bir martalik o‘rnatish — 1 250 000 so‘m. Oylik to‘lov keyingi oydan boshlanadi. Buyurtma va mahsulot soniga cheklov yo‘q.

Taqqoslash

Ikkala tarif yonma-yon

Farqi faqat to‘lov usulida — qolgan hamma narsa ikkalasida bir xil.

Imkoniyat Start Biznes
Oylik to‘lov 500 000 so‘m
O‘rnatish (bir marta) 1 250 000 so‘m
O‘z boti, nomi va logotipi
Menyu yoki katalog
Savat va buyurtma
Buyurtmalar paneli
Xodimlar va huquqlar
Yetkazib berish hududlari
Ish vaqti va oldindan buyurtma
Bonus va promokodlar
Ikki til: o‘zbekcha, ruscha
Naqd pul bilan to‘lov
Karta orqali to‘lov — Click
Karta orqali to‘lov — Payme
Merchant shartnomasida yordam
Mahsulot va buyurtma soni Cheklovsiz
Server, domen, yangilanish
Farqi

Qaysi tarif sizga

Start — agar haridorlaringiz naqd pul bilan to‘lasa: kuryerga yoki kassada. Ko‘pchilik kafe shundan boshlaydi va keyin o‘tadi.

Biznes — agar karta orqali to‘lov kerak bo‘lsa. Bu Click yoki Payme degani, va ular Telegram ichida ochiladi: mijoz botdan chiqmaydi. Har mijoz uchun alohida ish talab qiladi — merchant shartnomasi, integratsiya va uni ishlab turishini kuzatish — shuning uchun alohida tarif. Kerak bo‘lmagan do‘kon buning uchun to‘lamasligi kerak.

Tarifni istalgan vaqtda almashtirish mumkin, qo‘shimcha to‘lovsiz.

O‘rnatish

Bir martalik to‘lovga nima kiradi

Bu bizning ishimiz, dasturning narxi emas: do‘konni ochish, brendingizni qo‘yish, botni sozlash va ishga tushirish, birinchi katalogni kiritish va xodimlaringizga panelni ko‘rsatish.

Katalog katta bo‘lsa (yuzdan ortiq pozitsiya) yoki maxsus funksiya kerak bo‘lsa — alohida kelishamiz, ish boshlangandan keyin emas.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Buyurtmadan komissiya olinadimi?

Yo‘q. Oylik to‘lov belgilangan va buyurtmalar soniga bog‘liq emas. Pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizning hisobingizga tushadi — biz orada turmaymiz.

Ikkita tarifning farqi nima?

Faqat to‘lov usulida. Start — naqd pul bilan. Biznes — ustiga karta orqali to‘lov: Click va Payme, ikkalasi ham Telegram ichida ochiladi. Boshqa hamma narsa (menyu, panel, yetkazish, bonus, promokod, xodimlar) ikkalasida bir xil. Tarifni istalgan vaqtda almashtirasiz.

Bot kimga tegishli bo‘ladi?

Sizga. Botni o‘z Telegram akkountingizdan yaratasiz. Ketsangiz ham bot, uning nomi va obunachilari sizda qoladi.

To‘lov qanday tartibda?

Ishga tushirishda o‘rnatish to‘lovi to‘lanadi — ikkala tarifda ham bir xil. Oylik to‘lov keyingi oydan boshlanadi va har oy oldindan to‘lanadi.

Qancha vaqtda ishga tushadi?

Odatda bir kunda. Click va Payme bilan shartnoma alohida jarayon va 1–3 hafta olishi mumkin — shu vaqt ichida naqd pul va Telegram to‘lovi bilan ishlab turasiz.

Menyuni o‘zim o‘zgartira olamanmi?

Ha, hammasini: mahsulot, narx, rasm, qoldiq, ish vaqti, yetkazish hududlari, promokodlar. Bizga faqat murakkab o‘zgarishlar uchun murojaat qilasiz.

To‘lashni to‘xtatsam nima bo‘ladi?

Do‘kon to‘xtaydi — haridorlaringiz «vaqtincha ishlamayapti» degan xabar ko‘radi, to‘lov haqida hech narsa emas. Botingiz, obunachilar va ma’lumotlaringiz sizda qoladi; buyurtmalar tarixi va mijozlar bazasini so‘rasangiz beramiz.

Bir nechta filialim bor, nima qilaman?

Ayting — filiallar bitta do‘konda hudud sifatida ham, alohida do‘konlar sifatida ham ishlashi mumkin. Qaysi biri sizga qulayligini birga hal qilamiz.

Boshlaymizmi