Ommaviy oferta
Peshtaxtam xizmatidan foydalanish shartlari.
Oxirgi tahrir: 2026-yil 16-avgust
Diqqat: hujjatda STIR va to‘liq pochta manzili hali ko‘rsatilmagan, matn esa yurist tomonidan tasdiqlanmagan. Click va Payme bilan shartnoma tuzishdan oldin ikkalasini ham bajarish shart.
1. Umumiy qoidalar
Ushbu hujjat — G‘ulomov Muhammad Azizullo (keyingi o‘rinlarda «Ijrochi») tomonidan taqdim etiladigan Peshtaxtam xizmatidan foydalanish bo‘yicha ommaviy oferta. Xizmatga buyurtma bergan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (keyingi o‘rinlarda «Buyurtmachi») ushbu shartlarni to‘liq qabul qilgan hisoblanadi.
2. Xizmat mazmuni
Ijrochi Buyurtmachiga Telegram messenjeri ichida ishlaydigan onlayn do‘kon (Mini App) va uni boshqarish panelini ijaraga beradi. Xizmat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Mahsulotlar katalogi va buyurtma qabul qilish tizimi
- Buyurtmalarni boshqarish paneli
- To‘lov tizimlariga ulanish imkoniyati
- Server, domen va texnik xizmat ko‘rsatish
- Dasturiy ta’minot yangilanishlari
3. Buyurtmachining majburiyatlari
- Xizmat haqini o‘z vaqtida to‘lash
- Katalogdagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlash
- O‘z haridorlari oldidagi majburiyatlarni bajarish
- Panelga kirish ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik
- Qonun bilan taqiqlangan tovar va xizmatlarni sotmaslik
4. Ijrochining majburiyatlari
- Xizmatning uzluksiz ishlashini ta’minlashga harakat qilish
- Nosozliklarni imkon qadar tez bartaraf etish
- Buyurtmachining ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik
- Shartnoma tugagach, so‘rov bo‘yicha ma’lumotlarni faylga chiqarib berish
5. To‘lov
Xizmat haqi tanlangan tarifga bog‘liq:
- Start — oyiga 500 000 (besh yuz ming) so‘m. Naqd pul bilan hisob-kitob.
- Biznes — oyiga 700 000 (yetti yuz ming) so‘m. Ustiga Click va Payme orqali kartadan to‘lov.
Bir martalik o‘rnatish to‘lovi — 1 250 000 (bir million ikki yuz ellik ming) so‘m, ikkala tarif uchun bir xil va xizmat ishga tushirilishidan oldin to‘lanadi. Oylik to‘lov ishga tushirilgan oydan keyingi oydan boshlanadi va har oy uchun oldindan amalga oshiriladi. Tarifni almashtirish qo‘shimcha to‘lovsiz.
Ijrochi narxni o‘zgartirish huquqiga ega, bu haqda Buyurtmachini kamida 30 kun oldin xabardor qilgan holda. Yangi narx joriy to‘langan davr tugagandan keyin qo‘llaniladi.
6. To‘lov kechikkanda
To‘lov muddati o‘tgach, Ijrochi xizmatni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. Bunday holatda Buyurtmachining haridorlari «do‘kon vaqtincha ishlamayapti» degan xabarni ko‘radi. Buyurtmachining ma’lumotlari kamida 90 kun davomida saqlanadi.
7. Bot va ma’lumotlarga egalik
Telegram bot Buyurtmachining akkountida yaratiladi va unga tegishli bo‘lib qoladi. Haridorlar bazasi, buyurtmalar tarixi va katalog ma’lumotlari Buyurtmachiga tegishli. Dasturiy ta’minotning o‘zi va uning manba kodi Ijrochiga tegishli bo‘lib, Buyurtmachiga faqat foydalanish huquqi beriladi.
8. Javobgarlikni cheklash
Ijrochi Buyurtmachining haridorlari oldidagi majburiyatlari, sotilgan tovarlarning sifati, yetkazib berish va qaytarish masalalari uchun javobgar emas. Ijrochining javobgarligi oxirgi oy uchun to‘langan summa bilan cheklanadi.
Telegram, Click, Payme yoki boshqa uchinchi tomon xizmatlaridagi uzilishlar uchun Ijrochi javobgar emas.
9. Shartnomani bekor qilish
Har ikki tomon shartnomani kamida 14 kun oldin xabar berib bekor qilishi mumkin. To‘langan, lekin foydalanilmagan davr uchun mablag‘ qaytariladi.
10. Rekvizitlar
G‘ulomov Muhammad Azizullo
STIR: [to‘ldirilishi kerak]
Manzil: Andijon shahri
Telefon: +998 93 426 70 11
Telegram: @pc_geek_uz